Tavsif

Men hozirda Flutter mobil dasturchi sifatida faoliyat yuritaman va bu sohani chin dildan yaxshi ko‘raman. Har doim yangiliklarga intilaman va ilovalar dizaynini moslashuvchan, zamonaviy va foydalanuvchiga qulay bo‘lishiga alohida e’tibor beraman. Dastur funksiyonalligini har tomonlama ko‘rib chiqishga, foydalanuvchi ehtiyojlariga mos holda takomillashtirishga harakat qilaman.

Dasturlashga bo‘lgan qiziqishim 2022-yilda boshlangan. Shu sohaga jiddiy kirib borish maqsadida 2023-yilda Toshkentda, bir yil davomida professional kursda o‘qidim va mobil ilovalar yaratishni o‘rgandim. 2024-yil yanvar oyidan boshlab o‘z viloyatim Farg‘onadagi findwork.uz kompaniyasida, mobil dasturchi sifatida ish boshladim. Hozirda shu yerda bilim va tajribamni yanada oshirib kelmoqdaman.

Faoliyatim davomida ko‘plab yangi texnologiyalar bilan tanishdim va ularga oid ko‘nikmalarni egalladim. Bu jarayon oson bo‘lmagan bo‘lsa-da, mashaqqatli mehnatlarim evaziga ancha katta natijalarga erishdim. Shu qatorda Java (Spring Boot) dasturlash tilini o‘rgandim va hozirda backend yo‘nalishida ham boshlang‘ich bilimlarga egaman. Shuningdek HTML va CSS texnalogiyalari haqida bilmagan dasturchining o'zi bo'lmasa kerak, bu texnalogiyalar bo'yicha ham yetarli darajada tushunchalarim bor :)

Umumiy ko‘nikmalar

  • mobile app icon

    Mobil ilovalar

    iOS va Android tizimlari uchun ilovalarni professional ishlab chiqish.

  • Web development icon

    Backend

    Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash va ular ustida CRUD amallar qilish.

  • design icon

    Frontend

    Boshlang'ich bilimlar asosida veb sahifalar yaratish.

  • camera icon

    Telegram Bot

    Python dasturlash tilida Telegram botlar yaratish va ularni boshqarish.

Rezyume

Ta'lim

  1. Quva IDUM | Farg'ona

    2012.10 — 2023.05

    9-sinf dan boshlab dasturlash hayotimga kirib keldi.

  2. Najot Ta'lim o'quv markazi | Toshkent

    2022.11 — 2023.11

    Najot ta'limning 11 oylik kasbi ta'lim Foundation (C,Python) & Bootcamp Result (Dart, Flutter) kursini tamomladim.

  3. Toshkent Axborot Texnalogiyalar Universiteti (Sirtqi) | Toshkent

    2023.11 — 2028.11 sanaga qadar (5-yil)

    Fakultet: Radio va Mobil Aloqa. Mutahasislik: Mobil tizimlar.

Tajriba

  1. Mobil Dasturchi (Orzu Grand)

    2024.01 — 2024.05

    Kredit do'kon mobil ilovasi. Online xizmatlar, marketplace.

  2. Mobil Dasturchi ( Findwork - Kornet ilovasi )

    2024.05 — Hozirga qadar

    Topshiriqlar, Vakansiyalar va E'lonlar bo'yicha turli xizmatlar. Mutaxassislar va Buyurtmachilar bir ilovada.

Til

  1. O'zbek tili

  2. English language

    B1 - Intermediate
  3. Русский язык

    A1 - Элементарный

Mening ko'nikmalarim

  • Dart (Flutter)
    90%
  • Java (Spring Boot)
    50%
  • HTML & CSS
    50%
  • Python (Telegram Bot)
    55%
  • Git (GitHub, GitLab)
    85%
  • SQL
    45%
  • Va boshqalar +|-
    50%